Portugaliyadagi Xalqaro aeroportga Ronaldu nomi berildi

Бўлимлар: Futbol
Добавлено: 23.07.2016, 09:43

Portugaliya terma jamoasi sardori hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga o`zi tug`ilib o`sgan Madeyra orolining xalqaro aeroportiga uning nomi beriladi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri ma`lum qilmoqda

Aeroport “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti” nomini oladi.  31 yoshli futbolchi orolning eng asosiy shahri – Funshalda tug`ilgan.

Ma`lumot uchun, Madeyra orolida Krishtianu Ronalduga atalgan haykal o`rnatilgan. Shuningdek, futbolchining shaxsiy muzeyi ham aynan shu erda joylashgan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии