Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonda har yili davlat byudjetidan 15 badiiy film yaratiladi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Kino, Film
Добавлено: 23.07.2016, 14:12

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan kinematografiya sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag`ishlangan tadbir tashkil etildi. 

Mamlakatimizda har yili davlat byudjeti hisobidan 15 badiiy, 20 hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 animasion film, 60 soatlik ma`naviy-ma`rifiy, o`quv-uslubiy videofilmlar yaratilmoqda, deb yozadi O`zA. 

Tadbirda sohada erishilgan yutuqlar bilan birga mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanilmayotgani ham qayd etildi. Ayniqsa, zamonaviy qahramon obrazini yaratish, oliy ta`lim maskanlarida kinodramaturg va rejissyorlarni tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Bu boradagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ta`kidlandi. 

Sohaga oid qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish, unda milliy va xalqaro tajribani chuqur o`rganish yuzasidan fikr almashildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes