Qiz o`limidan bir necha lahza ilgari Instagram'ga ajoyib surat joyladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Instagram
Добавлено: 26.07.2016, 16:56

AQShning Florida shtatidan bo`lgan 35 yoshli Kolin Berns do`stlari bilan mashhur Katta dara parkiga ekskursiyaga yo`l olib, baland qoya chetida o`tirgancha suratga tushdi va shu zaxoti suratni Instagram'ga joyladi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Bu vaqtda qizning do`stlari quyosh botishini suratga olayotgan bo`lib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan surat Kolinning so`nggi surati bo`lishini xayollariga ham keltirishmadi.

Independent nashrining xabar berishicha, qiz tabiat manzarasida suratga tushmoqchi bo`lib, qoya chetiga o`tirgan, suratga tushib bo`lgach, xavfli joydan qo`zg`alganda, oyog`i toyib ketib, 120 metr balandlikdan jarga qulagan.

Qizning do`stlari hamon shok holatida bo`lib, bu qulash ularning hayotidagi eng dahshatli voqea bo`lib qolganligini ta`kidlashmoqda. Kolorado shtati polisiyasi va milliy park xavfsizlik xizmati xodimlari sayyohlar orasida bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish choralarini ko`rmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии