100 nafar amerikalik mashhurlar Trampga qarshi kampaniya tashkil qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 27.07.2016, 14:22

AQShda qariyb 100  nafar mashhur AQSh prezidentiga nomzod sanalgan Donald Trampni to`xtatish uchun kampaniya tashkil qildi. Ularning fikricha, uning nomzodi tug`dirayotgan xavfga jiddiy e`tibor qaratish lozim.

Ma`lum bo`lishicha, kampaniya MoveOn.org tashkiloti tomonidan tuzilgan hamda United Against Hate (Nafratga qarshi birlashib) deb nomlanadi. Mashhur aktyorlar orasida Mark Ruffalo, Julianna Mur, Vudi Xarrelson, Oliviya Uayld, Meg Rayan, Brayan Krenston, Sintiya Nikson, Nil Patrik Xarris, rejisser Maykl Mann, musiqachilar Mobi, Talib Kveli va ko`plab boshqalar bor, deya xabar beradi RIA Novosti.

Mashhur kishilar o`zlarining fikr va saylov kuchlarini Donald Tramp va uning nafratli ideologiyasi uchun yo`naltirishmoqchi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии