Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Elena Isinbaeva Vladimir Putin bilan uchrashganda o`zini yig`idan to`xtatolmadi(Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Sport
Добавлено: 28.07.2016, 09:48

Langarcho`p bilan sakrash bo`yicha ikki karra olimpiada chempioni Elena Isinbaeva prezident Vladimir Putinning 27 iyul kuni Kremlda Rossiya olimpiada terma jamoasi bilan uchrashuvi vaqtida o`zini yig`idan to`xtatolmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

So`zga chiqqan Elena Isinbaeva Rioda o`tkaziladigan olimpiada ba`zi bir sportchilar uchun so`nggi musobaqa bo`lishini, shu jumladan rossiyalik engil atletikachilarning, tahlillari toza chiqqan sportchilarning ham, doping janjali tufayli musobaqadan chetlashtirilgani haqida eslatib o`tdi. 

Isinbaeva Rioga jo`nayotgan Rossiya terma jamoasini chet ellik sportchilarga nimaga qodirliklarini ko`rsatishga chaqirdi. Rossiya olimpiada terma jamoasi Rio-de-Janeyrodagi olimpiadaga 28 iyul kuni Moskvaning “Sheremetevo” aeroportidan uchib ketishadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25