Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Ryanair” aviakompaniyasi o`z samolyotini Krishtianu Ronaldu sharafiga nomladi

Бўлимлар: Sport
Добавлено: 28.07.2016, 09:58

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir ajoyib sovg`a qabul qilib oldi. Bir necha kun avval futbolchi tug`ilib-o`sgan Madeyra rasmiylari 31 yoshli sportchining sharafiga aeroportga “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti” nomini bergani haqida ma`lum qilgandik.

Goal.com nashrining xabar qilishicha, Irlandiyaning “Ryaniar” aviakompaniyasi futbolchining nomiga aeroport nomlanishini o`zgacha tabrikladi. Kompaniya samolyotlaridan birini Ronalduning ismi bilan uyg`unlashtirib, Ryanaldo nomini hosil qildi.

Ma`lumot uchun, Evro–2016 turnirida jarohat olgan Krishtianu 9 avgust kuni bo`lib o`tadigan UEFA Surekbogida ishtirok eta olmaydi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes