Marokash hayvonot bog`ida fil tosh otib, qizchani o`ldirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 29.07.2016, 15:51

Marokash poytaxti Rabot shahridagi hayvonot bog`ida fil tosh otib, etti yoshli qizchani o`ldirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Qizini hayvonot bog`iga tomoshaga olib borgan ota, qizini elkasiga mindirgancha, fil saqlanadigan maydonchaga orqasini o`girgancha rafiqasi tomondan suratga tushirilgan. Shu payt Assia laqabli ona fil erda yotgan chaqir toshni xartumi bilan ko`tarib, ularga qarata otgan. Tosh qizchaning gardaniga tekkan. Zarbadan qizcha hushini yo`qotgan, uni kasalxonaga olib borishganiga qaramay, olgan og`ir tan jarohatidan vafot etgan.

Hayvonot bog`i ma`muriyati bo`lgan voqea yuzasidan kechirim so`radi, ularning ma`lumot berishicha, halok bo`lgan qizchaning oilasi xavfsizlik qonun-qoidalarini buzmagan. “Bunday voqea ilgari bo`lmagan edi, ularni oldindan bilish qiyin”, deydi hayvonot bog`i xodimi.

Rabotdagi bu hayvonot bog`i 2012 yilda ochilgan bo`lib, bunday voqea ilk marotaba ro`y bergan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии