Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Aktrisa Shahzoda Muhamedova turmushga chiqmoqda

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 29.07.2016, 16:57

Aktrisa Shahzoda Muhamedovaning turmushga chiqayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Xo`sh, Shahzodaning shahzodasi kim bo`ldi?

Aktrisaning rejissyor va aktyor Azamat Ahrorovga turmushga chiqishi haqida turli xabarlar paydo bo`lgani haqida avval ham xabar bergandik. Mazkur gap-so`zlarga aniqlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Azamat Ahrorov bilan bog`landi, deb yozadi “Daryo.uz” nashri.

— Siz va aktrisa Shahzoda Muhamedova o`rtasida ijodiy hamkorlik qachondan boshlangan?

— Bundan ikki yil avval, 2014 yili «Yuragim seniki» nomli film suratga olganman. O`sha filmdan ijodiy hamkorligimiz boshlangan edi. Shundan so`ng «Notanish qotil» nomli rejissyorlik ishimda ham u bilan birgalikda bosh rollarni ijro qilganmiz.

— Demak, muhabbatingiz tarixi 2014 yilda boshlangan ekanda?

— Yo`q, biz unda faqat ijodiy hamkor va do`st edik. «Notanish qotil» filmining tasvirga olish ishlari vaqtida unga muhabbatimni aytib, qo`lini so`raganman.

— To`y kuni aniq bo`ldimi?

— To`y kuni aniq emas. To`y, menimcha, 2016 yil oxiri yoki 2017 yil boshlarida bo`lsa kerak.

— Aktrisa Shahzoda Muhamedova sizga turmushga chiqqanidan so`ng ham aktrisalik faoliyatini davom ettiradimi?

— Ha, faqat mening filmlarimda rol o`ynaydi.

— Boshqa filmlarda-chi?

— Ko`ramiz. Asosan o`zimning filmlarimda rol o`ynashini xohlayman. Boshqa filmlarga kelsak, ularning ssenariysiga qarab, maslahatlashib, biror fikr bildiramiz.

— Ayni kunlarda Muhamedova bilan birgalikda suratga tushishni rejalashtirgan loyihalaringiz bormi?

— Yaqinda xuddi shunday lohiha sabab ishchi nomi «Sen uchun» deb nomlangan filmning s`yomkasi uchun Shahzoda va ijodiy jamoamiz bilan birga Xitoyga ketyapmiz. Xitoyga sayohatimiz 19 avgust kuni boshlanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25