30 iyul kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 29.07.2016, 17:15

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 iyul kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 32-34 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. G`arbdan  esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 18-23,  kunduzi 32-37  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.     

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18,  kunduzi  20-25 daraja issiq bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08