Olimpiadaning markaziy stadionlaridan birida shubhali quti portlatildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 02.08.2016, 09:51

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yozgi Olimpiada o`yinlariga bor-yo`g`i  uch kun qolganiga qaramay, mamlakat huquq-tartibot idorasi xodimlari bir zum ham tin olgani yo`q, deb xabar berdi “Vesti” nashri.

Braziliyaning jinoyat olami Olimpiada-2016 paytida dam olmaydigan ko`rinadi. Mamlakatning markaziy stadioni bo`lmish “Marakana”da shubhali quti topilib, portlatildi. Antiterrorchilik xizmati xodimlari o`yin o`tkazilishi mo`ljallangan markaziy stadion binolarining biridan shubhali qutini topishdi. Uni ochib ko`rmasdan, portlovchi moddalarni zararsizlantiruvchi robot yordamida portlatib yuborishdi. Quti ichida portlovchi moddaning bor-yo`qligi hozircha ma`lum qilinmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии