O`zbekistonlik yoshlar kimyo bo`yicha xalqaro olimpiadada uch medalni qo`lga kiritdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Yoshlar
Добавлено: 03.08.2016, 11:39

Kimyo bo`yicha Xalqaro olimpiadaning uchta medali O`zbekiston vakillariga nasib etdi. 48- bor tashkil etilgan tanlov 23 iyuldan 1 avgustga qadar Tbilisi shahrida bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik liseyi o`quvchisi Sarvar Shoyunusov olimpiadaning kumush medaliga sazovor bo`ldi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik lisey o`quvchisi Jahongir Faxriev va Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik lisey o`quvchisi Charos Omonova esa bronza medallarini qo`lga kiritdi. Ular joriy yilning may oyida Rossiyada o`tkazilgan kimyo fani bo`yicha 50-xalqaro Mendeleev olimpiadasida ham sovrindorlar safidan joy olgan edi.

Mazkur intellektual bellashuvda 75 davlatdan 300 dan ortiq o`quvchi qatnashdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии