Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Madina Mumtoz uchun bugungi kun omadsiz boshlandi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Avto, Aktrisa

Aktrisa va xonanda Madina Mumtoz o`zi bilan bog`liq ko`ngilsiz holatni Instagram`dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.   

Madina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Captiva rusumli avtomobilining orqa oynasi sindirib ketilgani aks etgan suratni joyladi va uni quyidagicha izohladi: 

“Mana bizning xayrli kun. O`g`rilarni to`g`ri yo`lga boshlasin Alloh. Kelgan balo qazo shunga ursin. Mashinalarni ko`chada qoldirmang”

Suratlardan ma`lum bo`lishicha, xonandaning shaxsiy avtomobilining orqa oynasi noma`lum shaxslar tomonidan urib, sindirilgan. Madina izohlardan biriga javoban bunday holat uchinchi marta yuz berayotgani va hatto bunga ko`nikib qolganini ham bildirib o`tgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии