Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Xitoyda tagidan avtomobillar harakatlanishi mumkin bo`lgan avtobus sinovdan o`tkazildi(Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video, Avtobus
Добавлено: 03.08.2016, 14:40

Xitoyda tagidan avtomobillar harakatlanishi mumkin bo`lgan avtobus-portal sinovdan o`tkazila boshladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Transport vositasi ikkinchi qavatda yo`lovchilarni tashishga mo`ljallangan bo`lib, uning tagida avtomobillar ikki yo`nalishda harakatlanishi mumkin.

Avtobus Xubey provinsiyasining Sinxuando okrugida sinovdan o`tkazilmoqda. TEB-1 avtobusi mazkur okrugdagi maxsus trassadan harakatlanmoqda. Mutaxasislar avtobusning tormoz tizimi, old oyna mustahkamligi va elektr quvvati iste`molini sinovdan o`tkazmoqda.

Avtobus yaratuvchilarining fikricha, transport vositasi 300 nafargacha yo`lovchini tashish imkoniga ega. TEB-1`ning uzunligi 22 metr, kengligi 7,8 metrni tashkil etadi. 

U maxsus rels yordamida harakatlanadi.TEB-1 ilk marta 2016 yilning may oyida Pekindagi ko`rgazmada namoyish etilgan edi. Bunday turdagi avtobusni yaratishdan maqsad shahar okrugi yo`llaridagi tirbandlikning oldini olish ekanligi ta`kidlanmoqda. TEB-1 avtobusi  Braziliya, Fransiya, Hindiston va Indoneziyada qiziqish uyg`otgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes