Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rio-de-Janeyro shahrida O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Bayroq, O`zbekiston

XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga etib borgan O`zbekiston sport delegasiyasi sharafiga Olimpiya shaharchasida O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangrab, davlat bayrog`i ko`tarildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda O`zbekiston sport delegasiyasi a`zolari, Olimpiya o`yinlari tashkiliy qo`mitasi hamda Rio-de-Janeyro shahri ma`muriyati vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan. 

XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida sportchilarimiz akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, engil va og`ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, trampolin, o`q otish, erkin va yunon-rum kurashi kabi sport turlari bo`yicha o`tkaziladigan bellashuvlarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi. 

Marosimda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Ikromov nutq so`zladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии