56 yoshli britaniyalik erkak o`ziga oro berganligi sababli 35 yoshli rafiqasidan yosh ko`rinadi

Бўлимлар: Lady
Теглар: Er-xotin
Добавлено: 04.08.2016, 16:26

Britaniyalik erkak “Oilada ayol chiroyli bo`lishi kerak” degan fikrning noto`g`riligini isbotladi, deb xabar qildi “Sosmo.ru” nashri. 

Londonlik Donavon Nelson o`ziga oro berish uchun yiliga 20 ming funt sterling sarflashiga qaramay, uning rafiqasi esa o`zining tashqi go`zalligi borasida sira qayg`urmaydi. Shunga qaramay, er-xotin o`zlarini judayam baxtli his qiladi. Ammo er rafiqasining ham o`ziga oro berib yurishini istaydi.

Donavon Nelson jurnalistlarga bergan intervyusida rafiqasining ham o`ziga qarab, chiroyli bo`lib yurishini xohlashini bildirgan: “To`g`risini aytsam, rafiqamni ilk uchratgan kunimdagi kabi ko`rishni orzu qilaman. O`zimga oro berish orqali shu narsani shama qilib, go`zal ko`rinishga ega bo`lish zaruriyat ekanligini namoyish etyapman”.

Nelson kunni 20 daqiqalik tish tozalash bilan boshlaydi, keyin yuziga niqob surtadi, haftasiga bir necha marotaba sportzalga borib, qat`iy parhez qiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии