O`zbekiston termasi Afrika jamoasiga qarshi kuch sinashadi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
Добавлено: 05.08.2016, 17:16

Jahon chempionati–2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni Toshkentda Afrika qit`asi vakili Burkina-Faso termasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. O`yin “Bunyodkor” stadionida o`tkaziladi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

24 avgust kuniga belgilangan O`zbekiston–Yaman uchrashuvi Yaman Futbol Federasiyasining tashabbusi bilan boshqa kunga qoldirilish so`ralgan. Ammo ikki terma jamoaning o`zaro kelishuviga ko`ra ushbu o`yin o`tkazilmaydigan bo`ldi. Yaman Futbol Federasiyasi bosh kotibi Hamid Al-Shayboniy imzolagan maktubda aytilishicha, Sano xalqaro aeroportidagi ahvol yomonlashgan va vaziyat o`nglangmaguncha futbolchilar mamlakatni tark eta olmaydi. Shu sababli Yaman futbol federasiyasi uchrashuvni boshqa kunga ko`chirishni so`rab, O`zbekiston tomonining to`g`ri tushunishiga umid bildirgan.

Burkina Faso bilan o`rtoqlik o`yiniga tayyorgarlilar doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig`inini 20 avgust kuni boshlaydi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy olgan bo`lib, Eron, Janubiy Koreya, Suriya va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi. Milliy termaning uchinchi saralash bosqichidagi birinchi o`yini 1 sentyabr kuni Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o`tkaziladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27