Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Riodagi Olimpiya o`yinlarida Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi topildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rio–2016
Добавлено: 08.08.2016, 16:38

Rio-de-Janeyro Olimpiya o`yinlarida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo`lgan AQShlik kamonchi Breydi Ellisonni hamma Leonardo Di Kaprio deb qabul qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Aktyor va sportchining bir-biriga o`xshashiga  Cosmopolitan jurnali e`tibor qaratgan.

“Leonardo Di Kaprioning egizagi Olimpiadada ishtirok etmoqda. U yana bitta “Oskar”ni emas, oltin medalni qo`lga kiritishga harakat qilmoqda”, deb yozadi material muallifi.

Ellison o`z jamoasiga kamondan o`q otish bo`yicha jamoa birinchiligida kumush medalni yutib olishda yordam berdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyor va sportchining o`xshashligini qizg`in muhokama qilishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA