Pushkinning avlodiga mansub 25 yoshli yigit Buyuk Britaniyaning eng yosh milliarderiga aylandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 11.08.2016, 10:54

Lord Jerald Grosvenorning o`g`li va yozuvchi Aleksandr Pushkinning avlodlaridan bo`lgan 25 yoshli Xyu otasining o`limidan keyin uning merosiga egalik qilib, Buyuk Britaniyaning eng yosh milliarderiga aylandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Buyuk Britaniyaning eng yirik zamindori, Vestminster Gersogi 8 avgust kuni 64 yoshda yurak xurujidan vafot etdi. Grosvenor mamlakatning eng boy odamlari ro`yxatida uchinchi o`rinni egallagan edi. Uning boyligi 9 milliard funt (11 milliard dollardan ortiq) deb baholangan.

Tadbirkor otasining vafotidan keyin aynan Xyu uning gersoglik unvoni va boyligiga egalik qiladigan bo`ldi. Mamlakat qonunlariga binoan uning opalari merosga da`vogarlik qilolmaydi. Bundan tashqari, Xyu Kembrij gersogi va gersoginyasi Uilyam va Ketrinlarning farzandlari — shahzoda Jorj va Aleksandra Luilarga cho`qintirgan ota bo`lish huquqini ham qo`lga kiritdi.

Xyu Grosvenor va uning opalari rus yozuvchisi Aleksandr Sergeevich Pushkinning avlodlaridan hisoblanadi. Ularning onasi Natalya Grosvenor kelib chiqishi jihatdan podsho Romanovlar oilasi va Britaniya Vindzorlar qirollik uyiga mansubdir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии