Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Turkiyalik diplomat Bangladeshdan Rossiyaga qochib keldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Turkiya iyul

Turkiyadagi davlat to`ntarishida ishtirok etishda ayblangan Dakkadagi Turkiya elchixonasining xodimi Rossiyaga qochib keldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, hozircha diplomatning ism-sharifi oshkor etilmagan. U Turkiya hukumati tomonidan chaqirib olingan uch elchixona xodimining biri bo`lgan. Axmed Gurbuzning ishonchli vakili bo`lgan yana ikki elchixona xodimi esa AQShga qochib ketgan.

Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi elchixonaning har uch xodimiga tegishli diplomatik pasportlar bekor qilingani haqida Anqaraga axborot bergan.

11 avgust kuni davlat to`ntarishida gumon qilingan Gresiyadagi ikki harbiy attashe oilasi bilan teploxodda Italiyaga qochganligi ma`lum qilingan edi. Bosniyada o`z xizmat vazifasini bajarayotgan yana bir turk harbiy attashesi ham qo`lga tushishdan qo`rqib, qochib ketgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии