Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rio–2016. O`zbekistonlik Elmurat Tasmuradov yarim finalga chiqdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sport, O`zbekiston, Rio–2016

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining yunon-rum kurashi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, -59 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Elmurat Tasmuradov dastlabki bellashuvlarini o`tkazdi.

Serbiyalik Kristian Fris bilan bellashgan Tasmuradov ishonchli harakat qilib, 7:2 hisobida g`alaba qozondi. Chorak finalda o`zbekistonlik sportchi KXDR a`zosi Vun Chol Yun bilan bellashdi va uni ham ishonchli tarzda, ya`ni, 9:0 hisobida zafar quchdi. 

Yana bir O`zbekiston vakili, -75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Dilshodbek Turdiev ilk bahsda Serbiya vakili Viktor Nemesga imkoniyatni boy berdi va Olimpiada bilan xayrlashdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram