Rio–2016. Yunon rum kurashchisi Rustam Assakalov ishtirokini chorak finalda to`xtatdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sport, O`zbekiston, Rio–2016
Добавлено: 15.08.2016, 19:51

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida 85 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Assakalov chorak finalda vengriyalik Viktor Lorinshga qarshi bahs yuritdi.

Afsuski, ushbu bahsda vengriyalik sportchining qo`li baland keldi. Assakalov 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Agarda Viktor Lorinsh musobaqaning finaligacha etib borsa, hamyurtimiz bronza medali uchun o`tish jangida ishtirok etadi. 

Eslatib o`tamiz, ilk bahsda Rustam Assakalov AQSh vakili Ben Provizorni mag`lubiyatga uchratgan edi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии