Toshkent shahar hokimligi yo`llardagi noqulayliklar uchun uzr so`radi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 16.08.2016, 10:50

Toshkent hokimiyati o`z saytida ko`chalarda harakatning cheklanishi va ayrim qismlarning yopilishi bilan bog`liq noqulayliklar uchun shaharliklardan uzr so`radi.

“Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizda Nurafshon va boshqa ko`chalarni uzaytirish, kengaytirish, Muqimiy ko`chasida yo`l o`tkazgich qurilishi hisobiga bunyod etilayotgan yangi xalqa yo`l qurilishi jarayonida ushbu ko`chalar va ular bilan kesishgan ba`zi ko`chalarda yo`llarning yopib qo`yilishi, vaqtincha harakatning cheklanishi tufayli yuzaga kelayotgan tirbandliklar, noqulayliklar uchun yo`l harakati ishtirokchilaridan yana bir bor uzr so`raydi”,—deyiladi xabarda.

Shuningdek, Muqimiy ko`chasidagi qurilish ishlari poyoniga etkazilib, 22 avgustdan e`tiboran ushbu cheklovlar olib tashlanishi ham ma`lum qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии