Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Keksa xitoylik boyligini itiga qoldirishga qaror qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Xitoylik keksa erkak boyligini itiga qoldirish haqidagi vasiyatga imzo chekdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri.

71 yoshli Van Junvu itiga 80 ming yuan (12 ming dollarga yaqin) pulni vasiyat qilgan.

“So`nggi paytlarda mazam yo`qligi tufayli o`zimni yomon his qilyapman. G`amxo`rlik qilishim lozim bo`lgan yagona zot — itimdir”, dedi Van Junvu.

Erkakning rafiqasi uzoq davom etgan kasallikdan so`ng vafot etgan, o`g`li esa yo`l-transport hodisasida halok bo`lgan. It uning yagona oila a`zosidir. Itni kichkinaligidan boqib olgan, so`nggi yillarda u erkakning yakkayu yagona sherigi, yaqini bo`lgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram