Buxoroda savdo do`koniga o`g`irlikka tushgan 20 yoshli yigit hibsga olindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Jinoyat
Добавлено: 16.08.2016, 11:49

Buxoro viloyati Buxoro tumani IIBga Istiqbol qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi 32 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilib, kechasi noma`lum shaxs uyi oldida joylashgan savdo do`konidan ma`lum miqdordagi pullarini o`g`irlab ketishganini ma`lum qilgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida o`g`irlikni shu tumanda yashovchi 20 yoshli yigit do`kon eshigini buzish yo`li bilan kirib, sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии