Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Xitoylik homilador ayolning bolasi 17 oydan beri tug`ilishni istamayapti

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol, Ona, Bola
Добавлено: 18.08.2016, 23:57

Xitoyning Xunan viloyatida yashovchi ayol 17 oydan beri homiladorligi tufayli rekord o`rnatdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Van Shi 2015 yilning fevral oyida homilador bo`lgan. Vrachlar noyabr oyida uning farzand ko`rishini taxmin qilishgan. Ammo ularning taxmini chippakka chiqdi, aytilgan muddat o`tib ketganiga qaramay, bola hamon tug`ilishga shoshilmayati.

Bundan xavotirlangan ayol vrachlar huzuriga har 7-10 kunda tekshiruvga borib turgan. Homila 14 oylik bo`lganda vrachlar uni kesarcha kesish yo`li orqali dunyoga keltirmoqchi bo`lishgan, ammo tekshiruv natijalari hali bolaning yaxshi rivojlanmaganligini ko`rsatgan.

Ayolning turmush o`rtog`i 13 oy homilador bo`lgan ayollar haqida eshitganligini, bunaqa holatga ilk marotaba duch kelganini ma`lum qilgan. Vrachlar ham bu hodisani izohlab berolmagan. Ularning aytishicha, ayolning sog`ligi joyida, homila 18 oylik bo`lganda kesarcha kesish operasiyasi o`tkazishni rejalashtirishganini bildirgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA