Marimar Kuiora: “Yuzimning boshqalarnikiga o`xshamasligi hech narsa anglatmaydi”

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol
Добавлено: 19.08.2016, 12:02

Kaliforniyalik yuzi qiyshaygan qiz, go`zallik bo`yicha bloger YouTube videoxostingida makiyaj qilish saboqlari bilan mashhur bo`lib ketdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

21 yoshli Marimar Kuioraning videopostlari 2 million martagacha tomosha qilinmoqda. Bu qiz kistali gigroma ya`ni bezarar yuz o`smasidan aziyat chekadi. Marimar traxeyadagi teshik orqali nafas oladi va trubka orqali ovqatlanadi. Amerikalik qiz gapira olmagani sababli vizaj san`ati haqida qo`l harakatlari yordamida tushuntirib, roliklar tayyorlaydi. 

Kuiora 2 yildan beri videoroliklar tayyorlab, internetga joylaydi, biroq u ingliz tilidagi OAVlar e`tiboriga bir muddat avval tushdi. U haqida Cosmopolitan UK, The Sun, PopSugar va boshqa nashrlar maqolalar chop etdi.

Bloger jurnalistlarga o`zini sevishi va kelajakdagi rejalari haqida so`zlab berdi. Marimarning aytishicha, u bolaligida tashqi ko`rinishidan uyalgan va uzoq muddat uni boricha qabul qila olmagan. U o`sma hajmini kichraytirish uchun bir nechta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. 

Kuiora kelajakda shaxsiy kosmetika liniyasini yaratishni, ko`p sayohat qilish va insonlarni o`rganishni rejalashtirgan.  

“Men uchun go`zallik o`zingni boricha qabul qilish va boshqalarning o`zing haqingdagi fikrlarini rad etish deganidir. Agar sening yuzing boshqalarnikiga o`xshamasa, bu hech narsani anglatmaydi”,—deydi o`ziga ishonuvchi bloger.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии