Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Oila mustahkamligi uchun er va xotinda bo`lishi shart bo`lgan 2 ta fazilat

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Oila, Er-xotin
Добавлено: 19.08.2016, 14:50

Olimlarning fikriga ko`ra, mustahkam oila 2 ta insoniy fazilat asosida vujudga keladi, deb yozadi “Adme.ru”. 

Erkak va ayol o`rtasidagi mustahkam munosabatlar davomli va mashaqqatli mehnat evaziga bunyod bo`ladi. Mustahkam munosabatlar har bir insondan tinimsiz izlanishni talab etadi. Biroq, bu jarayon ko`pchilik o`ylaganidek qiyin va murakkab emas. 

Olimlarning aniqlashicha, oila mustahkam bo`lishi uchun erkak va ayol faqatgina 2 xislatga ega bo`lishi kerak: Mehribonlik va saxiylik.

Psixolog Jon Gottman (John Gottman) o`z rafiqasi Juliya bilan ko`p yillik izlanishlar natijasida mehr-muhabbat er va xotinni bir umrga bog`lashini aniqladi. Hissiy barqarorlik bilan bir qatorda mazkur xislat ham oila barqarorligida muhim o`rin tutadi. Juftiga mehr ko`rsatish qiyinlashadigan payt—bu er-xotinning arazlashib qolgan payti. 

Biroq aynan mana shu paytda inson o`z hislarini nazorat qila bilishi kerak. Mazkur jarayonda juftliklardan biri o`z agressiyasini tashqariga chiqarsa, bu o`zaro munosabatlarga misli ko`rilmagan putur etkazadi.

“Mehr o`z qahr-g`azabingizni tashqari chiqarmaslikda emas, balki uni qay yo`sinda etkazishingizda namoyon bo`ladi. Siz hech narsani o`ylamay, jahlingizni juftingizga sochishingiz, yoki hotirjam holatda sizga nima yoqmayotganini tushuntirishingiz mumkin. Bu uslub esa ancha yaxshi”,—deydi Juliya Gottman.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25