Rio–2016. Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi. U oltin medal uchun kurashadi!

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sport, O`zbekiston, Rio–2016
Добавлено: 19.08.2016, 22:33

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 52 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan O`zbekiston vakili Shahobiddin Zoirov yarim finalda venesuelalik Segundo Yoel Finolga qarshi ringga chiqdi.

Yarim final jangida hamyurtimiz o`ta muhim g`alabani qo`lga kiritib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Finalda Zoirov oltin medal uchun kurash olib boradi. Unga omad yor bo`lishini tilab qolamiz.

Avvalroq 75 kilogrammgacha vazn toifasida boshqa bir vakilimiz Bektemir Meliqo`ziev ham finalga yo`l olgandi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии