Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

34 yoshli ayol Barbi qo`g`irchog`i uchun 70 ming dollar sarfladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

AQShda yashovchi asli yaponiyalik bo`lgan ayolning uyida 145 dona qo`g`irchoq “yashaydi”, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri.

Los-Anjeles shahrida yashovchi Azuza Sakamoto Barbi qo`g`irchoqlarining ashaddiy ishqibozidir. 34 yoshli bu ayol Barbi qo`g`irchoqlarining pushti rang kiyimi, taqinchoqlari va aksessuarlari  va o`zining ham Barbi kabi kiyinishi uchun 70 ming dollar sarflagan. 

Azuzaning ma`lumot berishicha, sevgan yigiti uning qiziqishini qo`llab-quvvatlaydi. Sakamotoning o`zi manikyur ustasi bo`lib ishlaydi. U 15 yoshga kirganida Barbi qo`g`irchoqlarini qanchalik sevishini angladi. Hozirda uning uyida 145 dona Barbi qo`g`irchog`i yashaydi. Barbi brendiga mansub bo`lgan sumkalari mavjud. Ayolning uyi ham Barbining ko`ylagi kabi pushti rangga bo`yalgan. 

“Maosh olgan kunim qo`g`irchoqlarim uchun biror buyum xarid qilish uchun darrov ijtimoiy tarmoqqa kiraman. Uyim ham Barbi uslubida jihozlangan.  Qo`g`irchoqlarni esa mehmonxonadagi oynali javonda saqlayman”, deydi Azuza.

Ayolning so`zlariga qaraganda, uning o`zi Barbi qo`g`irchog`iga o`xshashni istamaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии