Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

«O`zbekiston Qahramoni» unvoni topshirilishi to`g`risida Prezident farmoni imzolandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.08.2016, 22:30

23 avgust kuni to`rt nafar yurtdoshimizga «O`zbekiston Qahramoni» unvoni topshirilishi to`g`risida Prezident farmoni imzolandi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko`p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O`zbekiston Qahramoni»unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

Kurbanov Ravshanbek Davletovich

«Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori

Rajabov 
Sharipboy

Bog`ot tumanidagi «Bog`ot» fermer xo`jaligi boshlig`i, Xorazm viloyati

Ummatov 
Erkin 
Raxmanovich

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig`ining o`rinbosari – «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo`l qurilishi boshlig`i

Sharapova Muxabbat 
Arapovna

Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati


 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA