Rio–2016 qahramonlari Toshkentda tantanali kutib olindi (fotogalereya)

Бўлимлар: Jamiyat
Добавлено: 24.08.2016, 09:09

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 5–21 avgust kunlari bo`lib o`tgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz mamlakatimizga qaytib keldi, deb xabar bermoqda Sports.uz portali. 

23 avgust kuni Toshkent aeroportida ushbu nufuzli musobaqa g`oliblari, sovrindorlari va ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Quyida sportchilarni kutib olish marosimidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio–2016 Olimpiadasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza – jami 13 ta medalni qo`lga kiritib, 207 davlat orasida 21, O`rta Osiyoda esa 1-o`rinni egalladi. 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27