Italiyada yuz bergan kuchli zilzila Amatriche shahrini vayron qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Zilzila
Добавлено: 24.08.2016, 10:32

Italiya markazida joylashgan Amatriche shahri 23 avgustdan 24 avgustga o`tar kechasi yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayronaga aylandi, deb yozadi “Lenta.ru”.

6,1 balli zilzila mahalliy vaqt bilan 01:36 da sodir bo`lgan. 

Shahar meri Serjio Pirossining aytishicha, shahar aholisining aksariyat qismi vayronalar tagida qolib ketgan. “Shaharga olib boradigan yo`llar buzilgan. Shaharning deyarli yarmi xarobalardan iborat”,—deydi u.

Italiya fuqaro mudofaasi agentligi zilzilaga o`ta kuchli sifatida baho bergan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila oqibatida kamida 4 kishi halok bo`lgan. 

Baxtsiz hodisa oqibatida eng ko`p talofot ko`rgan shaharlar—Akkumoli, Amatriche, Posta va Arkuata-del-Tronto.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии