Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston futzal terma jamoasi Italiya bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston
Добавлено: 24.08.2016, 11:09

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz Eron, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazishi haqida xabar berilgandi. O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, terma jamoa mundial oldidan so`nggi nazorat o`yinini Evropaning etakchi jamoalaridan bo`lgan Italiya terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. Italiyaliklar bilan bahs 7 sentyabr kuni Kali shahrida bo`lib o`tadi.

O`zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Ispaniya bilan o`yinlardan keyin Italiya bilan bellashuvga qadar Ispaniyada 3 kunlik yig`in o`tkazadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25