Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Sochlarning yog`lanishi nimadan?”

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:

–  Keyingi paytlarda bosh terim va sochim juda yog`lashib ketayapti. Shampun bilan yuvganimdan keyin bir soat o`tar – o`tmas yana yog`lashib qoladi. Bunday bo`lmasligi uchun nima qilishni maslahat berasiz? 

Shuhrat Kamoliddinov, Samarqand shahri 

Savolga shifokor - trixolog Sherzod MAXMUDOV javob beradi: 

–  So`zlaringizga qaraganda sizda seboreya, yog` bezi sekresiyasining buzilishi kuzatilyapti. Bu holatda sochni har kuni yuvish o`rinsiz. Aksincha 3-4 kunda bir marta shampun yoki boshqa soch yuvish vositalaridan foydalaning-da, har kunlik uchun esa oddiy suvda chayining. Shu bilan birga taomnomadan yog`li mahsulotlar, dukkakli o`simliklar va gazli ichimliklarni ham cheklash kerak. Gastroenterolog ko`rigidan o`tish ham foydadan xoli bo`lmaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии