Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rasman! “Manchester Siti” Klaudio Bravoni “Barselona”dan sotib oldi

Бўлимлар: Futbol

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi "Barselona" darvozaboni Klaudio Bravoni o`z safiga qo`shib olganini rasman e`lon qildi. 

Shartnoma muddati va transfer qiymati haqida hozircha ma`lumotlar yo`q. Chililik davrozabonni “Manchester Siti”ga sotgan kataloniyaliklar bir necha soat oldin “Ayaks” posboni Yasper Sillessenni sotib olganini e`lon qilgandi.

– "Manchester Siti" klubiga qo`shilganimdan xursandman. Klub o`ziga xos loyihani amalga oshirayotganidan xabarim bor. Jamoaning bo`lajak yutuqlariga o`z hissamni qo`shishga umid qilaman.  Ikki yil fantastik mavsumdan keyin "Barselona"ni tark etish oson bo`lmadi. Lekin Pep Gvardiola bilan birga ishlash imkoniyatidan voz kecha olmadim, – dedi Bravo.
 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии