Shohruhxon: “Salom ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 26.08.2016, 10:18

Xonanda Shohruhxon o`zining Instagram`dagi sahifasiga muxlislari o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`lgan suratni joyladi. Suratda qoq o`rtasidan bo`lingan yurakni yigit va qiz ko`tarib ketayotgani tasvirlangan. Xonanda suratga “Salom, ozodlik”  deya izoh qoldirdi. 

Mazkur surat xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib borayotgan internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. 

 

Kimdir xonandaning oilasiga putur etganini ta`kidlasa, boshqalar buni “shunchaki piar” deya izohlamoqda. 

Xonanda biroz muddatdan so`ng ikkiga bo`lingan yurak tasvirini o`z sahifasidan o`chirib tashladi va uning o`rniga rus shoiri Mixail Lermontovning so`zlari yozilgan suratni joyladi: "Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, meni hech kim tushunmadi va men nafratlanishga o`rgandim".  

Mazkur so`zlarga javoban xonandaning hamkasbi Shahzoda "Nafratlanishga o`rganio` juda oson, sevishdan to`xtamang", deya maslahat berdi. 

Biroq, Shohruhxon va Asalning shaxsiy sahifasidan ularning aksariyat birga tushgan suratlari o`chirib yuborilgan. Asalning Instagram`dagi sahifasida Shohruhxon bilan birga tushgan bironta ham surat qolmagan. Bu holat esa mish-mishlarni tobora avj oldirmoqda.

Eslatib o`tamiz, Shohruhxon va Asal 5 iyun kuni bo`lib o`tgan edi. 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии