Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 250 kishiga etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 26.08.2016, 11:27

Italiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 250 nafarga etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Italiyadagi ayrim tumanlarda hozirgi kunga qadar ham zilzilalar bo`lib turibdi. Oqibatda esa uylar, binolar vayronaga aylanmoqda va jabrlanganlar soni ortmoqda.

25 avgust kuni yuz bergan zilzila 4,3 ballni tashkil etgan edi. Italiya prokuraturasi yaqinda qurilgan,biroq zilzilaga bardosh bera olmagan binolarni qurgan kompaniyalar ustidan jinoiy ish ochgan.

Mamlakatning 1,5 ming aholisi uy-joysiz qolgan. Ularning barchasi vaqtincha yashash punktlarida yashamoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlangan va tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. 

Xarobalar ostidan jabrlanganlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Qutqaruv xizmatining ma`lum qilishicha, xarobalar ostida tirik insonlarni qutqarish tobora imkonsiz bo`lib bormoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25