Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari AQShda ta`lim oladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Amerika Qo`shma Shtatlarining etakchi universitetlarida ta`lim olish imkoniyatini qo`lga kiritdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

IUT uchinchi kurs talabalari Yulduz Xo`jaeva va Nuruddin Iminoxunov Global Undergraduate Exchange Program (Global UGRAD) dasturi doirasidagi stipendiyalarni yutib oldi.

Qo`shma Shtatlar Davlat departamenti Ta`lim va madaniyat masalalari byurosining Evrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo`yicha global dasturi (Global UGRAD) 1, 2, 3 va 4-kursda o`qiyotgan talabalar uchun Qo`shma Shtatlarda faqatgina bir o`quv semestri davom etadigan o`qish imkoniyatini yaratib beradi.

Tanlov natijasiga ko`ra, Yulduz Xodjaeva Seynt Klaud Steyt Universitetida (St.Cloud State University), Nuruddin Iminoxunov esa Mississippi Universitetida (University of Mississippi) o`qish imkoniyatini qo`lga kiritdilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии