Natalya Vodyanova Italiyada zilziladan jabrlanganlarga xayriya yordamini ko`rsatdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 26.08.2016, 15:31

Rossiyalik  supermodel Natalya Vodyanova Italiyada zilziladan jabr ko`rganlar uchun xayriya aksiyasini ishga tushirdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru”  nashri.

Bu haqda u instagram sahifasida: “Amatriche shahri 16 ming aholisi bo`lgan kichkina shaharcha hisoblanadi. Shu kichkina shaharcha boshqalardan ko`ra ko`proq jabr ko`rdi. U butun dunyoga Amatrichiana pastalari bilan mashhurdir”, deb yozgan.

Modelning tashabbusi bilan “Italiya uchun ovqatlan!” degan loyiha o`ylab topilgan. Loyihaning g`oyasi barcha oshpazlarni to`plab, ovqat tayyorlash va sotilgan ovqatlarning pulini zilziladan jabr ko`rganlarga yuborishdir.

Vodyanovaning ma`lumot berishicha, barcha mablag` ayni paytda voqea joyida ish olib borayotgan xalqaro Save the Children, Qizil Xoch va boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Model shuningdek, uning g`oyasiga birinchilardan bo`lib, britaniyalik mohir oshpaz Jeymi Oliver va u bilan birga ishlovchi 700 nafar oshpaz qo`shilganini aytib o`tdi.

“Kechadan beri Angliya, Italiya va Evropaning boshqa mamlakatlari restoranlari menyusiga Amatrichiana pastasi qo`shildi”, deb ma`lumot berdi Vodyanova.

Vodyanova ijtimoiy tarmoq orqali hammani kampaniyaga qo`shilishga undadi va uyda yuqoridagi pastani tayyorlab, oilaviy iste`mol qilishga, tinchlik-xotirjamlikda  yaqinlarining bilan dasturxon ustida to`planish naqadar baxt ekanligini anglashga chaqirdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27