Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni – Avstraliya o`yinini boshqaradi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston
Добавлено: 26.08.2016, 16:21

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “V” guruhi bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – Avstraliya uchrashuvini o`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 6 oktyabr kuni Jidda shahrida bo`lib o`tadigan uchrashuvga bosh hakam sifatida FIFA hakami – Ravshan Ermatov tayinlangan. Ermatovga bu o`yinni boshqarishda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam berishadi. To`rtinchi hakam sifatida esa Sherzod Qosimov ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi – qatarlik Safar Tolib Ballan bo`lsa, komissar – xitoylik Tu Xiliang.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA