Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Xitoylik ayol o`zini 305 yoshli imperator deb tanishtirgan firibgarga ishonib, etti million dollarini berdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 27.08.2016, 11:46

Xitoylik ayolga ikki firibgardan biri o`zini 305 yoshli Syanlunom imperatori deb tanishtirib, ishonchiga kirgan va ayol unga etti million dollar pulini o`z qo`li bilan topshirgan, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Ayolning so`zlariga qaraganda, firibgar “obihayot” suvini ichgani tufayli 305 yoshga kirganligiga, imperator xazinasiga egalik qilish uchun unga pul zarurligiga ishontirgan.

Jabrlangan ayol avvaliga firibgarga “boylikni muzlatish”da kerak  bo`ladigan qandaydir nefrit haykallarni sotib olish uchun 300 ming dollar bergan. Firibgarning sherigi o`zini tadbirkor Jorj Sorosning jabrlangan o`quvchisi deb tanishtirgan. Ular ayolni “foyda keltiruvchi biznes”ga 15 million yuan, oradan 4 oy o`tgandan keyin Shenchjenda  yangi texnologiyali firma ochish uchun 30 million yuan ajratishga ko`ndirgan.

Firibgarlar ehtiyotsizlik tufayli barcha o`g`irlangan mablag`ni ochiqchasiga  uy, avtomobil va giyohvand moddalar sotib olishga ishlatgan. Shenchjen sudi firibgarlarni aybdor deb topganiga qaramay, ularga hali jazo berilmagan.

Nashrning ma`lumot berishicha, Xitoyda yuqoridagi kabi firibgarlik jinoyati juda keng tarqalgan. 2013 yilda o`zini Sin dinastiyasi malikasi deb tanishtirgan 48 yoshli ayol bir qancha odamlardan firibgarlik yo`li bilan 2,3 million yuanni o`margan. Bunday holatlarda jinoyatchilar qadimiy xazinaga egalik qilish uchun odamlarni pul zarurligiga ishontirishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25