Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yamandagi terakt oqibatida 45 kishi halok bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt, Terror
Добавлено: 29.08.2016, 15:06

Terrorchi-hudkushning o`zini portlatishi oqibatida 45 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

The Daily Telegraph nashrining bergan ma`lumotlariga ko`ra, 60 kishi halok bo`lgan. Aden shahridagi mahalliy ko`ngillilar joylashgan lagerda noma`lum shaxs mashinani portlatgan. 60 kishi turli darajadagi tan jarohati bilan mahalliy kasalxonaga yotqizilgan.

Hukumat bergan ma`lumotga ko`ra, terrorchi mashinada lagerdan Saudiya Arabistoniga jo`natilayotgan askarlar ro`yxatdan o`tayotgan joyga kelgan. Ular Yamanning shimoliy chegarasida  xousitlar bilan bo`ladigan jangga otlangan edi. Terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi. 

Yamanda bir necha yillardan beri fuqarolar urushi davom etmoqda. Jang qilayotgan tomonlardan biri xousitlar jangovor qanoti hisoblanib, ular “Ansar Alloh” shia harakati, sobiq prezident Ali Abdullo Solihiy tarafdorlari bo`lsa, ikkinchi tomonda ular tomonidan quvg`in qilingan sunniylar prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodi tarafdorlaridir. 2015 yilning mart oyi oxirida koalisiya Xodining hukumat tepasiga qaytishiga qarshi harbiy kampaniya boshlagan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA