Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Kontraktni byudjetga o`tkazish mumkinmi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар: Universitet, Talaba
Добавлено: 29.08.2016, 16:08

Farzandim universitetda to`lov-kontrakt asosida tahsil oladi. Oilaviy sharoitimiz og`ir. Shu sabab o`g`limning o`qishini byudjet asosida o`tkazishni imkoni bormi?

H.M.elektron manzil orqali

F.Babashev, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati rahbari:

— Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 3-bandi birinchi xatboshiga muvofiq, Oliy ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko`ra to`plangan ballarning reyting tizimi bo`yicha amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq, Oliy ta`lim muassasalariga qabul barcha uchun — ham grantlar, ham to`lov-kontrakt bo`yicha teng huquqlik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to`plagan abiturientlarga davlat grantlari bo`yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abiturientlar esa test ballari reytingi asosida belgilangan to`lov-kontarkt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.   

To`lov-konrakt asosida o`qish ixtiyoriy bo`lib, tegishli me`yoriy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga to`lov shartlarini engillashtirish bo`yicha imtiyozlar berish ko`zda tutilmagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25