Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Ueyn Runi Angliya terma jamoasida yangi rekord o`rnatdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, JCh-2018

Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Slovakiyaga qarshi (1:0) JCh–2018 turniriga saralash bahsida maydonga tushib, yangi rekord sohibiga aylandi. Bu haqda iSport.ua portali ma`lum qilmoqda.

Angliya termasi safida 116-marta maydonga tushgan Ueyn Runi ushbu ko`rsatkich bo`yicha Devid Bekxemni ortda qoldirdi va ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi.

Angliya tarkibida eng ko`p o`yinni Piter Shilton o`tkazgan. Uning xisobida 125 ta uchrashuv bor.  

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии