Toshkent avtomobil-yo`llar instituti qayta tashkil etiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Universitet
Добавлено: 05.09.2016, 16:29

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda «O`zavtoyo`l» aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent avtomobil-yo`llar institutini Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti etib qayta tashkil qilinadi. Bu O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 26 avgustdagi qarorida ko`zda tutilgan.

Avtomobil-yo`llar instituti avtomobil yo`llari qurilishi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida O`zbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo`llarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va yo`ldan foydalanish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta`minlash maqsadida qayta tashkil etiladi.

Qarorning to`liq matni bilan Lex.uz portalida tanishish mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27