Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Bog`dodda portlash sodir bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt

Iroq poytaxti Bog`dodda sodir bo`lgan portlashda kamida to`qqiz kishi halok bo`ldi va yana 30 nafari yaralandi. Minalangan avtomobil bugun kechasi poytaxtning Al-Karrad tumanida portlatildi, deya xabar beradi Sky News — Arabia telekanali.

Halok bo`lganlarning barchasi tinch aholi, deya xabar beradi TASS. Portlashdan so`ng ushbu hududdagi o`nlab mashinalar va do`konlarda yong`in chiqdi.

Al-Karradda ko`plab restoranlar, do`konlar va savdo markazlari mavjud. 

Bundan avval Bog`dodda 3 iyul kuni terakt sodir bo`lib, unda 300 kishi halok bo`lgandi. Ramazon oyida sodir bo`lgan mazkur terakt so`nggi yillardagi eng yirigi bo`lgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии