O`zbekiston – Qatar o`yinida Prezident Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan gol videosi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
Добавлено: 07.09.2016, 05:53

JCh-2018 turniriga Osiyo qit`asidan saralashning so`nnggi bosqichi ikkinchi turida O`zbekiston terma jamoasi safarda Qatar mehmoni bo`ldi. 

Murosasiz va qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda terma jamoamiz Egor Krimes tomonidan 85 daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi. Futbolchilar ushbu yagona gol va g`alabani O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag`ishlashdi.

Mazkur g`alabadan so`ng ochkolar sonini 6 taga etkazib olgan O`zbekiston terma jamoasi "A" guruhida birinchi o`ringa chiqib oldi. Asosiy raqiblarimiz Eron va Janubiy Koreya 2-turda 1 ochko to`plab, mos ravishda 2-3 o`rinlarda joylashdi. 

Quyida o`yindan olingan xavfli vaziyatlar va golning videosini ko`rishingiz mumkin. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08