Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyatiga bag`ishlangan “E`zoz” hujjatli filmi e`lon qilindi(Video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Film, Islom Karimov
Добавлено: 08.09.2016, 16:20

YouTube’da «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 2015 yili O`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «E`zoz» hujjatli filmi e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.

Filmda mustaqillikni qo`lga kiritishda O`zbekiston xalqi boshidan kechirganlari tarixiy sanalar va hujjatlar asosida ochib berilgan, deyiladiO`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi axborotida.

E`tiborli tomoni, filmda O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshlik yillari alohida sahnalashtirilgan.

Hujjatli film jurnalist Komiljon Shamsiddinovning ssenariysi asosida rejissyor Akrom Mahkamov tomonidan suratga olindi. Film operatori — Muzaffar Yusupov.

Filmda O`zbekiston Prezidenti matbuot xizmati, O`zMTRK, O`zbekiston Kinofotofonohujjatlari davlat arxivi materiallaridan foydalanilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA