Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Matematika o`qituvchisi imtihonga o`z yuzini tanish bo`yicha savolni kiritdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 09.09.2016, 12:30

AQShlik matematika o`qituvchisi fan bo`yicha imtihonga yuzini tanish bo`yicha savolni qo`shimcha topshiriq tarzda kiritdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

O`qituvchining suratini to`g`ri tanlagan o`quvchiga bir ball qo`shib berilgan. Mazkur noodatiy testning surati Reddit ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilindi. 

O`quvchilardan biri o`qituvchi darsda hech qachon yo`qlama qilmagani, imtihon kuni esa shahardan chiqib ketganini aytib o`tgan.

O`quvchilarga berilgan testning oxirgi savoli quyidagicha bo`ldi:

“Mana chorakning deyarli yarmi o`tib bo`ldi, taxminimcha har biringiz meni allaqachon tanib bo`lgan bo`lishingiz kerak. Keling kichik viktorina o`tkazamiz. Suratlardan qaysi birida men tasvirlanganman?” 

To`g`ri javobni esa to`rtta variantlar orasidan tanlash kerak edi. 

Mazkur testni itjtimoiy tarmoqqa joylagan internet foydalanuvchisi muntazam ravishda darslarga qatnashgani uchun o`qituvchining suratini to`g`ri tanlaganini aytib o`tgan. 

Reddit foydalanuvchilari o`qituvchining xazili ustidan maza qilib kulishdi va variantlarda bir odam tasvirlanganini aytib o`tishdi.

“Bularni bir-biridan ajratish uchun kamida osiyolikning farzandi bo`lishing kerak, chunki ularning hammasi bir xil”,—deydi ulardan biri.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA