Rio–2016. Feruz Saidov Paralimpiya o`yinlari sovrindori bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sport, O`zbekiston, Rio–2016
Добавлено: 10.09.2016, 08:58

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilayotgan Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarida o`zbekistonlik sportchilar navbatdagi g`alabalarga erishdi.

Erkaklar o`rtasidagi dzyudo bahslarining -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Feruz Saidov Paralimpiya bronza  medali sohibiga aylandi.

Bronza medali uchun bahsda Saidov kubalik Xerardo Rodrigesga qarshi gilamga ko`tarilib, raqibini ippon bahosi evaziga mag`lubiyatga uchratdi va O`zbekiston delegasiyasiga navbatdagi medalni taqdim qildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии